Aloqa xizmatining roli va zamonaviy aloqa vositalari

“Hayot faoliyati xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘z nazariy va amaliy bilimlarini O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda faziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan an’anaviy seminar-treninglarda  oshirib bormoqdalar.

2018 yil 20 aprel kuni  vazirlik xodimlari-FVVning Tez harakat qilish Respublika ko‘p tormoqli markazi komandiri o‘rinbosari leytenant Tohir Raxmatullaev va shu markaz Aloqa boshqarmasi boshlig‘i serjant Kamoliddin Sulaymonovlar tomonidan Favqulodda vaziyatlarda “Aloqa xizmatining roli va zamonaviy aloqa vositalari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Bunda talabalar zamonaviy aloqa vositalari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Talabalar analog va raqamli aloqa vositalari imkoniyatlari bilan tanishdilar.