Badan quvvati

Xalqimizda “Badanning quvvati taom bilan, ruhning quvvati kalom bilan” degan naql bor. Undan qay yo’sinda foydalana olish ham muhim qoidalar bilan belgilanadi. Taomni to’g’ri iste’mol qilish sog’lik va umr uzayishiga garovdir.

12 aprel kuni 2-TTJda “Hayot xavfsizligi faoliyati” kafedrasi GIM fakulteti pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Parmonov Aliboy Ergashevich va tarbiyachi-pedagod, psixolog Sagdullayeva Dilorom  Muxiddinovna  talabalar bilan  "Ovqatlanish madaniyati" mavzusida  ma'naviyat soati  o’tkazishdi.

GTS fakulteti  4- kurs talabasi Bekmurodov Shodiyor, GTQ fakulteti 3 -kurs talabasi To'xtayev Diyor o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi. GTQ, QSXEA talabalari faol qatnashishdi.

2-TTJ tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov