“Butun jahon tillar kuni”

2-talabalar turar joyida 23-fevral kuni  2-TTJ tarbiyachi-pedagok, psixolog  Sagdullayeva Dilorom Muxiddinova, “GIM” fakulteti 2- kurs talabasi Abdusodiqov Islomjon Ilhomjonovich va “GTQ” fakulteti 4-kurs talabasi Jo’rayev Ozodbek Bozorovich bilan “Butun jahon tillar kuni ” munosabati bilan 2 - TTJ talabalari bilan davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbatida bo’sh vaqtidan unumli foydalanish maqsadida ingliz tili , nemis, koreys tillari kurslariga borayotgan Xaydarov Salohiddin, Xoliqov Nurbek, Qurbonaliyev Doston va boshqalar o’rganayotgan tillari haqida ma’lumotlar hamda  she’rlar aytib berishdi. Tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom talabalarni bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanish uchun til o’rganishga chorladilar.

Davra suhbati juda ko’tarinki kayfiyatda o’tdi. ”GTQ” fakulteti talabasi Norqo’ziyev Azizbek vatan haqida qo’shiq kuyladi. Jo’rayev Ozodbek esa sermazmun she’rlardan o’qib berdi.

 

Bu dunyoda hamma narsa g’animat,

Yoshliging, sho’xliging, quvnoqliging ham.

Mansab-u minbarlar bari g’animat,

G’animat hattoki keksaliging ham.  

  

 

Ushbu she’rdan so’ng davramiz qatnashchilari o’zlariga kerakli xulosa chiqarib olishdi. Ya’ni, bo’sh vaqtdan unumli foydalanish maqsadida turli xil kurslar hamda  to’garaklarga qatnashishga qaror qilishdi. 

   “GIM” fakulteti talabasi  Islomjon Abdusodiqov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov