Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti mustaqil tadqiqotchisi Narbayev Sharafatdin Kengeshovichning 08.00.04 –“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha “Yaylovlardan foydalanuvchi tomorqa xo‘jaliklari uyushmasini tashkil etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining muhokamasi 2018 yil 13 aprel kuni soat 14.00da TIQXMMIning B-bino 105-xonasida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu ilmiy seminarga barchani taklif etamiz.