Joriy yilning 29 iyunida institutda “Ayollar sog‘ligi – jamiyat boyligi” mavzusida onlayin vebinar tashkil etildi. Mazkur vebinarda Toshkent shaxar reproduktiv salomatlik markazining oliy toifali shifokorlari M.Azimova va K.Abdimuminovalar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Kun tartibidagi masala bo‘yicha oliy toifali shifokor-akusher-ginekolog M.Azimova xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini, huquqiy, tibbiy madaniyatini oshirish, xotin-qizlar, onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat hamda ular uchun yaratilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlardan foydalanish darajasini o‘rganish to‘g‘risida va ma’lumot berdi.
Undan tashqari Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalar uchun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida hamda 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida va xotin-qizlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish hamda yoshlarni oilaviy hayotga tayerlash bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.
Institut xotin-qizlar kengashi raisi Z. Xafizova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati