O'zaro hamkorlik maqsadida

Ma'lumki, innovatsion g'oyalar va texnologiyalar borasidagi hamkorlik har qanday davlatning taraqqiyotini belgilaydigan muhim mezonlardandir. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga joriy yilning 29 - avgust kuni yaponiyalik mutaxassislar tashrif buyurishdi. Kioto universitetining Suv resurslari ilmiy tadqiqot markazi professori Kenji Tanaka va Suv resurslari tadqiqoti, Q'oshma loyiha ishtirokchisi Temur Xo'janazarovlar bilan rektorimiz U. Umurzakov oralarida kechgan suhbat samimiy va do'stona tarzda, hamkorlik ruhida o'tdi. O'zaro tajriba almashishlar turli loyihalar ustida birga ish olib borilishi maqsadga muvofiq. Suhbat jarayonida ilmiy loyihalar bo'yicha takliflar, suv resurslarining barqarorligi, bugungi kunda kam ishlatilayotgan kollektor drenaj suvlaridan foydalanishning imkoniyatlarini keng yo'lga qo'yish yo'llari masalalariga to'xtalindi. Mehmonlarga institutimiz ramzi tushirilgan esdalik sovg'alari taqdim etildi.


Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov