Harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmasiga qabul qilish uchun tavsiya qilinadi deb topilgan talabalar diqqatiga!!!

“Gidromelioratsiya”, “Gidrotexnika qurilishi”, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash”, “Qishloq va suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va elektrlashtirish”, “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash”, “Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakultetlari 2-KURS talaba (yigit)lari.

DIQQATIGA

Harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida ta’lim olish uchun saralash tanlovining shaxsiy-ruhiy o‘rganish bo‘yicha psixologik testdan harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmasiga qabul qilish uchun tavsiya qilinadi deb topilgan talabalar bilan umumjismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkaziladi:

“Gidromelioratsiya”, “Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakultetlari talabalari uchun - 4 may kuni soat 8-00 ga;

“Gidrotexnika qurilishi”, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash”, “Qishloq va suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va elektrlashtirish”, “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakultetlari talabalari uchun - 5 may kuni soat 8-00 ga O‘R Mudofaa vazirligi sport majmuasida yig‘ilish talab etiladi.

Talabalar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi fuqarolik pasporti, talabalik guvohnomasi va sport kiyimi (mo‘ljal “Sayohat” mehmonxonasi).

Harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmasiga qabul qilish uchun tavsiya qilingan talabalar ro‘yxati fakultet dekanlariga taqdim etilgan.

 

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini  mexanizatsiyalash

muhandislari instituti harbiy kafedra ma’muriyati