O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o'tkazish to'g'risidagi PQ-3716-sonli qarori ijrosini ta'minlash haqidagi 28-sonli majlis bayonining 3-bandi va O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligining 2018-yil 30-Maydagi 87-04-924-sonli xat ijrosini bajarish maqsadida Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 2 - iyun kuni 3-talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogigi Aziza Xaitovaning tashabbusi bilan Toshkent shahar Chilonzor tuman Do'mbirobod masjid imom noibi Parmonov Amirilloh Amonovichni homiyligi bilan "Savob ishni har kim, har kuni qilish kerak" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Bunda Ramazon oyining mazmun-mohiyati mujassam bo'lgan ezgu g'oyalar, dinimizni e'zozlash, hozirgi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilishga, ahil va hamjihat bo'lib yashashga da'vat etadigan, yosh avlodni Vatanga muhabbat milliy va diniy qadiriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ibratomuz ma'ruzalari bilan talabalarni xushnud qilishdi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga to'laqonli javoblar olib, bunday davra suhbatlar davomli bo'lishi haqida taklif kiritdi.
Davra suhbatida dekan yordamchilari, TTJ direktori Z.Yuliev, 3-TTJ mudiri I. Qurbonov, “Iqtisodyot va menejment” fakultet talabalar kengashi sardori J. Saidahmedov va navbatchi o'qituvchilar ishtirok etishdi.
Shundan so'ng 3-Talabalar turar joyida kam ta'minlangan va ro'zador talabalarga iftorlik tashkil qilindi.
3-TTJ Pedagogik tarbiyachi Aziza Xaitova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.