Ona - Vatanga muhabbat tuyg‘usini uyg‘otishda san’at va madaniyatning o‘rni beqiyosdir. Shu yo‘sindagi tadbirlar va ko‘rik-tanlovlardan ko‘zlangan maqsad ham bevosita shunga daxldordir. Dunyoda davlatlar, mamlakatlar ko‘p, lekin O‘zbekiston yagona ekanligini har bir fuqaro chin dildan his etmas ekan, kindik qon to‘kilgan makonga mehru muhabbat tuyg‘usi bo‘lmas ekan, demak unda vatanparvarlik tuyg‘usi, oila qayg‘usi ham bo‘lmaydi.
Joriy yilning 12 iyun kuni TIQXMMI san’at saroyida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko‘rik - tanlovining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.
Ko‘rik - tanlovda TTA, TDPU, TMI, O‘zMU, TDTU, O‘zDJTU, JIDU, va Soliq akademiyasi kabi ta’lim muassasalarining talabalari qatnashdilar.
“Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko‘rik - tanlovining ikkinchi bosqichida TIQXMMI 2 - bosqich talabasi Dadarboev Muxriddin 1- o‘rinni qo‘lga kiritib keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
San’at saroyi mudiri Jamshid Komiljonov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov