Xalqaro Suv Resurslarini Boshqarish Instituti (IVMI) Markaziy Osiyo idorasi mutaxassislari Qahramon Jumaboyev va Tulqun Yuldashevlar Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 4 bosqich 1-6 guruhi hamda 13 - guruh talabalariga «Evapotranspiratsiya asosida sug‘orishni rejalashtirish va Xalqaro Suv Resurslarini Boshqarish Instituti faoliyati» mavzusida ilmiy seminar o‘tkazishdi.
Seminarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yashash darajasini oshirish va atrof muhitni muhofaza qilish uchun amaliyotda sinalgan yer va suv resurslarini barqaror boshqarish yo‘llarini izlash, suv va energiya tejovchi texnologiyalarni aniqlash, suv va Energiyadan sug‘oriladigan maydonlarda foydalanishni aniqlash.
Ushbu mavzu talabalarda juda katta qiziqish uyg‘otdi, ular shiddatli o‘zgarishlar davriga munosib mutaxassis bo‘lib yetishish uchun nimalar ustida ishlashlari kerakligini bilib olishdi. Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan savol berishdi va savollariga to‘liq javoblar olib mamnun bo‘lishdi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri, dotsent B.Suvanov axboroti,
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov