Hozirgi kunda Respublikamizda qishloq va suv xo‘jaligi sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bir qancha ishlar olib borilmoqda. Xususan, Germaniya Federativ Respublikasining Ta’lim va fan vazirligi (BMBF) tomonidan moliyalashtirilgan “BioWat: Iqlim o‘zgarishiga moslashish maqsadida Markaziy Osiyoning sho‘rlangan va qurg‘oqchil hududlarida resurslarni boshqarish (Resources management in the salinized and drought stress-endangered irrigation areas of Central Asia for adapting to climate change)” ilmiy loyihasi doirasida Germaniyaning Leybnits agrolandshaft ilmiy tadqiqot markazi (ZALF) va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti o‘rtasida hamkorlik ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu loyihaning amaliy tadqiqotlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida bugungi kunda “ZALF” ilmiy tadqiqot markazi hamda “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi olimlari birgalikda samarali faoliyat olib bormoqdalar. Loyiha doirasida o‘quv va ilmiy tadqiqot ishlari jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan, umumiy qiymati 10 000 Evro bo‘lgan laboratoriya jihozlari “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasiga keltirilib, institutning laboratoriya bazasi yanada boyitildi.
Ushbu keltirilgan jihozlar yordamida yer osti suv sathini elektron o‘lchash, suvning pH qiymatini hamda dala sharoitida tuproqning namligini, sho‘rlanishini, temperaturasini va suv o‘tkazuvchanligini aniqlash shuningdek, aniqlangan ma’lumotlarni zamonaviy smartfon telefonlari va kompyuterlarga uzatish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa talabalarni bilim va ko’nikmalarini amaliyotda qo’llab ko’rish, doktarantlarni zamonaviy ilmiy tadqiqot ishlarini o’tkazishga imkoniyat yaratdi.
Bu kabi hamkorlik aloqalarini kelajakda yanada rivojlantirish maqsadida institut professor-o‘qituvchilari yangi izlanishlar olib bormoqdalar.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri dotsent B.U. Suvanov