Ta’lim tizimida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasining katta o‘qituvchisi Raxmataliev Muzaffar Eshdavlatovich tomonidan ijtimoiy tarmoq orqali “Statistika” fanidan masofaviy ta’lim texnologiyasi joriy etildi.
Ushbu ta’lim texnologiyasi doirasida talabalarning dars jarayonida olgan nazariy, amaliy bilimlarini yanada shakllantirish,rivojlantirish, mustahkamlash va rag‘batlantirish maqsadida 2019 yil 1 apreldan 30 maygacha "BILIM OLISHDA INNOVATSION YONDASHUV” loyihasi doirasida ijtimoiy tarmoq orqali “Statistika” fanidan intellektual ko‘rik -tanlovi e’lon qilindi.
Ushbu tanlovda faol ishtirok etgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarni taqdirlash maqsadida 2019 yil 7 iyun kuni soat 15-00 da B-108 xonada tanlov g‘oliblarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 2 nafar talaba 2 kurs 3 guruh talabalari Maxmudova Nargiza Davlat qizi va Nuraliev Samandar Rustam o‘g‘lilari Redmi 6Atelefoni va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Bundan tashqari tanlovda faol ishtirok etgan 8 nafar talaba 1 kurs 4 guruh talabalari Isroilov Mansur Yoqubjon o‘g‘li, Abdusalomov Fatxulla Olim o‘g‘li va Jamolova Gulhayo Bobirovna, 2 kurs 3 guruh talabalari Toxirov Shoxrux Janobil o‘g‘li, Xabibullaeva Lobar Kamaletdinova va Ro‘zieva Shakina Rustam qizi 2 kurs 2 gurux talabalari Po‘latxonova Saidaxon Alisherxon qizi va Dosimov Javohir Rustamovichlar har xil turdagi badiiy kitoblar va fahriy yorliq bilan taqdirlandi. Taqdirlash tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasining katta o‘qituvchisi Raxmataliev Muzaffar Eshdavlatovich axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov