Iskandarov Sanjarbek Tursunbekovichning dissertatsiya ishi himoyasi

2018 yil 20-aprel soat 14:00 da Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.I.10.03 raqamli Ilmiy Kengashning yig‘ilishi o‘tkaziladi.

KUN TARTIBI

Talabgor Iskandarov Sanjarbek Tursunbekovichning 08.00.04- «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» ixtisosligida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan «Himoyalangan yer sabzavotchiligini rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiya himoyasi.

DSc.27.06.2017.I.10.03 raqamli

Ilmiy Kegashining ilmiy kotibi, i.f.n.                                                                     B.F.Sultonov