Islohotlar hamisha taraqqiyotga xizmat qilishi bilan xarakterlansa, ularning mohiyatini tushuntirish esa ta’limiy targ‘ibotning ta’sirchanligiga taalluqli bo‘ladi. Shuning uchun talabalarni talabiga mos bo‘lgan zamonaviy bilimlarni yetkazish davr taqozosi.
Gidromelioratsiya fakultetining 1 - bosqich talabalarining 8 ta guruhida 8 sentyabr kuni soat 13-30 da 1 - zalda birinchi kurs maktabi bo‘yicha «O‘zbekiston respublikasida ta’lim islohotlari» mavzusida PPvaUM kafedra professori, p.f.d. Z.K.Ismailova tomonidan ma’ruza o‘qildi. Ma’ruza darsi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etildi. Ma’ruza jarayonida talabalarni faol ishtiroki aqliy hujum va bir qancha metodikalar orqali tashkil etildi. Barcha birinchi bosqich talabalari ta’lim jarayoniga samarali moslashishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga, ta’limdagi yangi islohotlarning joriy etilishi to‘g‘risida ham yangi g‘oyalarga va tasavvurlarga ega bo‘lishga musharraf bo‘ldilar.
Professor Zuhra Karabaevna axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov