Yaratilgan noz-ne’matlarning hammasida isrofgarchilikka yo‘l qo‘yish yaramaydi. Sarf-xarajatga e’tiborli bo‘lish dolzarb masaladir.
2018 yil 25 aprel kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyi mudirasi Dilfuza Aminova, tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotov, “Gidromelioratsiya” fakulteti 3-bosqich talabasi Yoshlar itifoqi yetakchisi Ulug‘bek Manzirboevlar tashabbusi bilan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani FXDYo (ZAGS) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi bo‘liminig 1-toifali inspektori Gulchexra Yuldasheva “To‘ylar oilaviy xamda tantanalar va marosimlarni ixcham hamda kamxarj o‘tkazish, erta va barvaqt nikohlarning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi.
4 - TTJ tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti,
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov