Yuksak bilimli va intellektual darajasi yuqori bo‘lgan jamoalarni saralash hamda ularni ma’naviy ruhlantirish hamda moddiy rag‘batlantirish ta’limning noan’anaviy shakllaridan biri sifatida muhim ahamiyatga ega.
Ilmning quvvati, uning amaliyot bilan uyg‘unligi borasidagi Prezidentimiz mulohazalari ushbu musobaqaviy dasturni respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazishdek tashabbusga keng yo‘l ochib, ruhlantirdi.
Xuddi shu tashabbus bilan chiqqan institutimiz professor o‘qituvchilari “IQ-SHOU” nomli musobaqaviy dasturni tashkil etishgandi. 20 aprel kuni uning institutimiz miqyosidagi navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Unda “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining talabalaridan tarkib topgan “Muhandislar” va “Gidrotexnika qurilishi fakulteti”ning “Onlayn” jamoalari qatnashishdi.
“Muhandislar” jamoasining tarkibi quyidagicha guruh sardori Sanjar Komilov, guruh a’zolari - Ma’ruf Baratov, Dilshod Abdurazzoqov, Bekmurod Turdimurodov, Farrux Ravshanov. “Onlayn” jamoasi tarkibi guruh sardori Xushvaqt Jumaboyev, jamoa a’zolari - Ilhomjon Zokirov, O‘rol Bobomurodov, Sunnat Po‘latov, Rustambek Mirzalievlardan iborat. Ishtirokchilar o‘zlarining kengqamrovli bilimga ega ekanliklarini namoyish etishdi. Savollar xalq xo‘jaligining turli sohalariga, aniqrog‘i, sport, madaniyat, tarix, geografiya, san’atga oid jumboqlardan iborat edi.
Intellektual bilim sinovlarining natijalari tubandagicha ko‘rsatkich kasb etdi. “Muhandislar” jamoasi 65 ball, “Onlayn” jamoasi 45 ball to‘plashga muvaffaq bo‘lishdi. “IQ-SHOU” ning bu galgi g‘olibi sifatida “Muhandislar” jamoasi tegishli tuhfalar bilan rag‘batlantirildi.
Musiqa tanlovchisi va ovoz sozlovchisi sifatida har galgidek Hamza Abdullaevning xizmatlari e’tiborga molik.
Tadbirning jozibador va mazmundor kechishida institut yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti va xotin-qizlar kengashining harakatlari katta bo‘ldi. Ayniqsa, Feruza Abduvaliyeva, Iqlima Yusupova, Tozagul Mamarajabovalar o‘zlariga yuklangan vazifalarini puxta bajargan holda o‘yin jarayonida faol qatnashishdi.
“Gumanitar fanlar” kafedrasining o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov,
Yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Akmal Berdimurodovlar axboroti,
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov