O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 07.02.2018 yil 87-03-606 sonli xati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 yanvardagi 77-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma’ruzasida belgilangan vazifalar to‘g‘risida.
2018 yil 20 aprel institutning 8-zalida Institut Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Q.Shavazov, O‘zbekiston Respublikasi IIV maxsus xodimi, dotsent polkovnik Sh.R.Qobulov, “Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakultetining dekani A.Gapparov, dekan muovinlari hamda 250 nafar talabalari bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Konstitutsiya – erkin va farovoni hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma’ruzasini mazmun-mohiyati va ta’lim tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Sh.Berdiev