2018 yil 15 mart kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida 1-bosqich talabalariga “Diniy ekstremizim va terrorizm hamda ularning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Ayni damda, O‘zbekiston teleradiokanalida ko‘rsatilgan “Xunrezlik” videoroliki qo‘yib berildi.
Bunday fojealarning oldini olish maqsadida ichki ishlar xodimlari va huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda va jinoyatchilar ushlanib jinoiy javobgarlikka tortilib, sud tomonidan ularga nisbatan tegishli jazolar qo‘llanib kelinmoqda.
Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha huquq tashkilotlar mahalla faollari, ota-onalar qolaversa, butun jamoatchilik yordam bermog‘i lozimligi haqida tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotov talabalarga tushuntirdi.
4 –TTJ tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov