Milliy armiya – mening armiyam

Davlatning kuch-qudratini, harbiy salohiyati va mudofaa darajasini uning armiyasi belgilaydi. Qalbga g‘urur, tinch va osoyishta hayotga surur baxsh etadigan armiya faxrimiz. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil etilganligiga 26 yil to‘lishi munosabati bilan hamda “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar barcha korxona, tashkilot va muassasalarda keng nishonlamoqda.

 

2018 yil 12 yanvar kuni soat 15:00da Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Madaniyat saroyida “Milliy armiya bayrami – mening bayramim!” mavzusida ma’naviy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda institut harbiy kafedra o‘qituvchi– ofitserlari va kursantlari hamda professor – o‘qituvchilar, talabalar, “Lashkarbegi” mahallasida yashaydigan harbiy faxriylar va “Veteran harbiylar” uyushmasi a’zolari ishtirok etishdi. Ayniqsa, yoshlar ittifoqining institut boshlang‘ich tashkiloti faollarining tadbirni mazmundor o‘tkazilishida xizmatlari katta bo‘lganini aytib o‘tish joiz.

 Bayram tadbiridan so‘ng barcha qatnashchilar uchun bayram dasturxoni tashkillashtirildi.

 

 

QSXEA fakulteti ma’lumoti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.