Xotirlash insonning jamiyatdagi o‘rni va ezgu xizmatlariga munosabat demakdir. Ziyorat ana shu muqaddas burchni ado etish bilan bog‘liq ijtimoiy hodisa.
“O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi PQ-2744-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Islom Karimovning 80 yoshlik yubiley marosimlarini keng targ‘ib qilish maqsadi ommaviy tus oldi.
2018 yil 21 yanvar kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyidagi 1 – bosqich talabalari tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning muzeyiga tashrif buyurishdi.
Talabalar Islom Karimov haykali poyida turib “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va baxtli bo‘lishlari shart” degan ularning o‘gitlarini eslashdi.
4-sonli TTJ tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov