Nodavlat notijorat tashkilotlar haqida

TIQXMMI 3-sonli talabalar turar joyida talabalarni bo'sh vaqtini unumli o'tkazish hamda ularni dunyoqarashlarini yanada kengaytirish maqsadida 9-qavat talabalari bilan “Nodavlat notijorat tashkilotlar" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbati “Yerdan foydalanish va yer kadastiri” fakulteti “Geodeziya va geoinformatika’’ kafedrasi o'qituvchisi Jo'rayev Abdulla va tarbiyachi pedagog Xayitova Aziza hamkorligida bolib o'tdi.
Davra suhbatida nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati, asosiy maqsadi, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilganligi hamda daromad olish haqida fikr yuritildi. Nodavlat, notijorat tashkilotning maqsadi: “Ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy maqsadlarda tuzulishi” togrisida talabalarga ma’lumot berib otildi. Talabalar bilan davra suhbati qiziqarli savol-javoblar asosida o’tkazildi hamda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.  Tadbirni o`tkazishda bergan yordami uchun Abdulla Jo’rayevga o’z minatdorchiligimizni bildiramiz. 

Tarbiyachi  pedagog Xayitova Aziza axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov