«Oilam mening qo‘rg‘onim» nomli virtual ko‘rik-tanlov g‘oliblarini samimiy muborakbod etamiz

Muayyan yutuqqa erishish tinimsiz izlanish va intiluvchanlikni talab etadi. Buning e’tirofi va rag‘bati esa ularni kelgusi ishlarga ilhomlantirishi tayin. Ayniqsa, karantin davrida uyda qolib, o‘qish va oila yumushlaridan ortib, masofadan turib turli ma’naviy-ma’rifiy tanlovlarda ishtirok etishning o‘zi bir vatanparvarlik namunasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan institutimiz talabalari orasida tashkil etilgan «Oilam mening qo‘rg‘onim» nomli virtual ko‘rik-tanlov g‘oliblarini samimiy muborakbod etamiz. Ushbu yutuq bilimli va ijodkor talabalarimiz hamda ularga ilm berishda fidoyilik ko‘rsatayotgan ustozlar va butun jamoamizning yutug‘i desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu fursatdan foydalanib barcha g‘oliblarga sog‘lik-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va ulkan zafarlar tilayman. Institutimiz ravnaqi uchun tinim bilmay mehnat qilayotgan ustoz va shogirdlarga omad doimo kulib boqishini yaratgandan so‘rab qolaman. Ishonamanki, yoshlarimiz kelgusida yurtimizning qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini yanada yuksaklarga ko‘tarishda o‘z hissalarini qo‘shadi. Yutuq barchaga muborak bo‘lsin, aziz talabalar.

Institut rahbariyati va jamoat tashkiloti vakillari

1 – o‘rin

1. Abdullaev R. –SXTE va B, 1-kurs, 500 000 (besh yuz ming)

2. Imomalieva S. – GM, 3-kurs, 500 000 (besh yuz ming)

3. Rustamov A. –, QSXET, 2-kurs, 500 000 (besh yuz ming)

2 – o‘rin

1. Naimova S. - GM, 1-kurs, 400 000 (to‘rt yuz ming)

2. Isroilova N. – GTQ, 3-kurs, 400 000 (to‘rt yuz ming)

3. Raximboeva G. - QSXET, 3-kurs, 400 000 (to‘rt yuz ming)

3 – o‘rin

1. Mahkamova M. – GTQ, 3 –kurs, 300 000 (uch yuz ming)

2. Jamolova G. – SXTE va B, 2-kurs, 300 000 (uch yuz ming)

3. Abdunabiev J. – KSXET, 4-kurs, 300 000 (uch yuz ming)

TIQXMMI rasmiy telegram kanali @ilovetiiame