“Meva sabzavotchilikda qiymat zanjirini rivojlantirish yo‘nalishlari” mavzusida muammoli ma’ruza

2018 yil 20 aprel kuni soat 10:00 da B-o‘quv binosi, 108-auditoriyasida “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti “Iqtisodiyot” (suv xo‘jaligi) ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalariga TIQXMMI doktoranti Eshmatov Sirojiddin Keldiyarovich “Meva sabzavotchilikda qiymat zanjirini rivojlantirish yo‘nalishlari” mavzusida muammoli ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida talabalarga Oziq-ovqat xavfsizligi, joriy qishloq xo‘jaligi siyosatidagi o‘zgarishlar, hududlar iqtisodiyoti, mahsulotlar diversifikatsiyasi to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, Meva-sabzavotchilik qiymat zanjirining bugungi holatini tahlil qilish va uni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi hamda global qiymat zanjiri to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi. Ma’ruza qizg‘in bahs-munozara, savol-javoblar tarzida bo‘lib o‘tdi.

    

“I va M” fakulteti dekani o‘rinbosari  J.Turdiev.