She’r zavqi, shoira shavqi

Odamlar galasi o‘tar yonimdan,

Qarayman-qarayman hammasi tanish.

Bilmayman ismin ham, kasbin ham, ammo

Bilaman barida buyuk intilish.

Bir paytlari  O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova ana shunday yozgan edilar. Xalq qalbidagi jo‘shqinlik va g‘ayrat-shijoatni buyuk intilish va oliy maqsadlar sari talpinishdan boshlanishini to‘g‘ri e’tirof etgan edilar.

Joriy yilning 2-martida  institutimizning iqtidorli talaba qizlari bilan birgalikda  “Mushoira” kechasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu mushoirada talaba qizlar va fakultetlarning xotin-qizlar kengashlari raislari faol katnashdilar. Talaba qizlar o‘zlari yozgan she’rlarni hamda shoira Zulfiyaxonimning sherlarini qiziqish va zavqu shavq bilan o‘qib berishdi.

Institu xotin-qizlar qo‘mitasining raisasi Z.Hafizova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov