Tadbirkorlikni qanday boshlash kerak?

Yevropa Ittifoqining "Agrocomp" va "Formaper Milan” kompaniyasi hamda Respublika savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilgan seminar-treninglarda sertifakatlar bilan taqdirlangan Ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchisi, fermer ayol, Respublika savdo sanoat palatasi a‘zosi Shaxnoza Sheraliyevna Nurbekova tomonidan 2018-yil 18-iyun kuni Gidrotexnika qurilishi fakulteti bir guruh faol talabalari, Yoshlar ittifoqi faollari bilan hamkorlikda "Tadbirkorlikni qanday boshlash kerak?", "Qanday qilib brend mahsulotlarni yaratamiz?" mavzularida master klass darsi o‘tkazildi. Darsda Sh. Nurbekova Italiyaning “Formaper Milan” kompaniyasi tajribasi, ish uslubi haqida talaba-yoshlarga ma‘lumot berib o‘tdi. Dars qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘lgan holda olib borildi. Talabalar o‘zlarining mustaqil tanlagan mavzulari asosida o‘z brend mahsulotlarini klaster uslubida yoritib, o‘qituvchi tomonidan baholandi.

Institut yoshlar ittifoqi “Yoshlar media-klubi rahbari” Ulug‘bek Manzirboyev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov