2018 yil 16 – 17 aprel kunlari institut harbiy kafedrasining 9, 10 va 11 guruh talabalari «KARTOGRAFIYA» davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasining ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdi. Korxona mas’ul xodimlari talabalarni ishlab chiqarish sexlaridagi asbob-uskunalar, ularning xavfsizlik choralari hamda ish jarayoni xususida to‘liq ma’lumot berishdi.
Elektron xaritalar va dizayner bo‘limi boshlig‘i J.Xalikov talabalarga korxonada qo‘llaniladigan vositalar hamda muhandislik anjomlari, ularning tuzilishi, turkumi va bajaradigan asosiy vazifalari, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar va chop etiladigan mahsulotlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berdi.
Talabalar nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash va amaliyotda ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarining siyosiy-ma’muriy ma’lumotlar va xaritalarni yangilash ishlari uchun jihozlangan zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalari va texnologiyalaridan foydalanib ko‘rishdi. Talabalarga Elektron xaritalarni tuzish va tahrirlash bo‘limi boshlig‘i N.Umarova hamrohlik qildi.
Elektron xaritalarni tuzishda va tahrirlashda qo‘llaniladigan zamonaviy dasturlar (programmnoe obespecheniya Arc GIS, GIS «Panorama») talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va ular harbiy kafedrada olgan nazariy bilimlarini amaliy bajarishda o‘zlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tanishish jarayonida talabalar qog‘ozlarni bosmaga tayyorlash, qog‘ozlarni saqlash va qog‘ozlarni keyingi bosmaga tayyorlash uchun belgilangan o‘lchamga keltirish jarayonlari hamda Yaponiya va Germaniyada ishlab chiqarilgan RYOBI – 780E, RAPIDA – 105 zamonaviy multimedia vositalarini qiziqish bilan tomosha qilishdi. ko‘rsatishdi.
Tanishish jarayonidan so‘ng talabalar “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasi tarixiy muzeyiga taklif etildi. Ular muzey ekspozitsiya zallaridan o‘rin olgan korxonaning ilmiy ishlab chiqarish jarayonlari va siyosiy – ma’muriy ma’lumot va xaritalar yaratishlar aks etgan tarixiy lavhalarni va korxonada qo‘llanilgan tarixiy asbob uskuna vositalari va maketlarini katta qiziqish bilan tomosha qilishdi.
Institut rektori nomidan «Kartografiya» davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasining direktori O.Ibragimovga o‘tkazilgan tadbirga amaliy yordam berganligi uchun tashakkurnoma harbiy kafedra tomonidan topshirildi. Korxona rahbariyati o‘z navbatida nashrdan chiqqan xaritalar va kartografik mahsulotlarini institut harbiy kafedrasiga sovg‘a sifatida taqdim qilishdi.