Tuyg‘ular ichida vatanga muhabbat tuyg‘usi eng yuksagidir. Adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga solish yurtimiz tinchligi va ravnaqiga xizmat qiladi. Tushunish va tushuntirish, targ‘ibot va tashviqot ta’lim va tarbiya masalasida eng nozik va muhim masaladir. Turli ma’rifiy tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ham aslida, shu.
2018 yil 2 may kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi o‘qituvchisi Dilshod Quvvatov, tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotovlar 6-qavat talabalariga “Diniy ekstremizm va terorizmning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi. Tadbir davomida O‘zbekiston teleradio kanallarida qo‘yilgan “Vatandin yaxshi yor bo‘lmas” nomli 18 daqiqalik hujjatli film namoyish etildi.
Dilshod Quvvatov, Javlonbek Qutlimurotovlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, turli sohalarda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, jamiyatning muhim bo‘g‘ini hisoblangan barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida qilinayotgan ishlar, yuzaga kelayotgan ayrim muammolarning yechimi, bunyodkorlik ishlari barobarida ayrim nopok kimsalarning tinch, farovon, osoyishta hayotimizni ko‘rolmay qilayotgan ba’zi harakatlari, muqaddas islom dinini niqob qilib kishilarning ongini zaharlashga harakat qilayotgani, bu manfur kimsalarga nisbatan faol kurash olib borishimiz, ogohlik va hushyorlikni yanada oshirib, birgalikda harakat qilish zarurligini uqtirdi. Talabalar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javoblarni olishdi.
4 - TTJ tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov