Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 dekabrda “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, qo‘mita tizimidagi sohalar uchun malakali kadrlar  tayyorlash maqsadida joriy yilning 3 fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti 4-kurs talabalari va fakultet professor-o‘qituvchilari bilan sohada zamonaviy texnologiyalar (uchuvchisiz uchish apparati DRON)dan foydalanish jumladan, “Yer monitoringini o‘tkazishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

O‘quv seminarida Qo‘mita mutaxassislari va “Geoinformkadastr” DUK direktori Mayinov Shuhrat Qo‘chqorovich qatnashdilar.