Science@Leuven dasturi: Ushbu dastur Belgiyaning Leuven universiteti aniq fanlar fakultetida o‘qishni istagan xorijiy talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, stipendiyaga ega bo‘lish uchun talabalar magistratura yo‘nalishining aniq fanlar fakultetiga hujjatlarini topshirishlari kerak.
Mazkur dastur bo‘yicha arizalar 15.02.2018 muddatga qadar qabul qilinadi.
Ushbu dastur bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni quyidagi veb-sahifadan olishingiz mumkin:
https://www.kuleuven.be/english/application/instructions.
Twente universitetining stipendiya dasturi: Stipendiya iqtidorli talabalarga ajratilgan bo‘lib, u mazkur universitetning magistratura mutaxassisligiga qabul qilingandan so‘ng ajratiladi.
Ushbu dastur bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni quyidagi veb-sahifadan olishingiz mumkin:
https://www.utwente.nl/en/education/scholarship-firider/university-of-twente-scholarship-application
Mazkur dastur bo‘yicha arizalar 01.02.2018 muddatiga qadar qabul qilinadi.
Yevropa komissiyasining ta’lim dasturi: Yevropa komissiyasi tomonidan OTM bitiruvchilari uchun 3 oydan 5 oygacha muddatga mo‘ljallangan stajirovka o‘tashni taklif etadi.
Ushbu dastur bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni quyidagi veb-sahifadan olishingiz mumkin:
https://ec.europa.eu/stages/home_en
Mazkur dastur bo‘yicha arizalar 31.01.2018 muddatgacha qabul qilinadi.
Yevropa Ittifoqining ijtimoiy va iqtisodiy qo‘mitasida amaliyot o‘tash dasturi: iqtidorli bitiruvchilarni yiliga ikki marta Yevropa Ittifoqining ijtimoiy va iqtisodiy qo‘mitasida amaliyot o‘tash uchun 5 oylik stajirovka kursi taklif etiladi.
Ushbu dastur bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni quyidagi veb-sahifadan olishingiz mumkin:
https://www.eesc.europa.eu/en/work-with-us/traineerships/short-term-traineerships. Mazkur dastur bo‘yicha arizalar 31.03.2018 muddatgacha qabul qilinadi.