Jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” gi PQ-3528-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan
2018 yil 12 aprel kuni 12:30 da TIQXMMI V-bino “8-ma’ruza” zalida “Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakulteti talabalariga (150 nafar) Toshkent shahar Yunusobod tumani, Minor jome’ masjidi noib imomi Kabilov Murodjon Shavkatovich “Talaba-yoshlar o‘rtasida yot g‘oyalarga qarshi targ‘ibot ishlarini tashkil etishda diniy ta’limot va ma’naviyatning o‘rni” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida, Islomdagi Firqalar to‘g‘risida to‘xtalib, qadimda firqalar faoliyati ularning mohiyati to‘g‘risida hamda bugungi kundagi firqalanish xususida ma’lumotlar berib, ularning mohiyatini tahlil qilib, bugungi kunda “IShID” va boshqa firqalarning salbiy faoliyati, Islomga zid faoliyati to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar talabalarga yetkazildi.
Imom xatib tomonidan talabalarga bugungi kunda talaba-yoshlarni yurtga sadoqat, vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash bugunning bosh mezoni bo‘lib, shu bilan bir qatorda yoshlarimizning tahsil olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar havas qilarli darajada ekanligi hamda shu imkoniyatlardan yoshlarimiz oqilona foydalanishlari davr talabi ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.
Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish uni asrab avaylashga chaqirdi hamda bugungi texnika texnologiyalarning taraqqiy etib borayotgani internetdan foydalanish madaniyatini o‘rganish, har xil kompyuter o‘yinlari, ijtimoiy norasmiy saytlarda targ‘ib qilinayotgan yot g‘oyalar ularning inson va yoshlar ongiga salbiy ta’sirlari bunday holatlarda hushyor va ogoh bo‘lishga chaqirdi va bunday norasmiy saytlar va tarmoqlarga aldanmaslikka da’vat etdi. Muqaddas dinimizni asrash uning pokligini saqlash, uni himoya qilish har bir musulmonning muqaddas burchi ekanligi bu borada diniy bilimning sayozligi oqibatida ko‘plab yoshlarning diniy oqimlar va tashkilotlar ta’siriga tushib qolayotganligi, natijada o‘z vataniga va xalqiga qarshi chiqayotganligi juda achinarli holatligini hayotiy misollar bilan tahlil qilib berildi.
Shuningdek, bugungi kunda diniy ekstremistik tashkilotlarning g‘ayri insoniy, g‘ayri diniy maqsadlari va faoliyati ilmiy jihatdan tahlil qilinib, talabalarga yetkazildi. Yovuzlikni va jaholatni oldini olishda ilm-ma’rifatning o‘rni shuningdek, diniy ma’rifatning o‘rni va ahamiyatiga to‘xtalib o‘tildi. Ma’ruza qizg‘in bahs va savol-javoblar asosida o‘tdi.