Yuqori darajadagi sug‘orish texnologiyasi

Bugun 27 yanvar kuni soat 11.30 da “Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakulteti 4 - bosqich 8 - guruh talablariga institutimizning 11 qavatli binosi 706-auditoriyasida “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi dotsenti, t.f.n. Usmanov Aziz Magdaliyevich “Автоматизация технологии поверхностного полива” mavzusida ochiq ma’ruza mashg‘ulotini taqdim etdi.

Ochiq ma’ruzada kafedra katta o‘qituvchisi Elmurod Bozorov, stajyor- o‘qituvchi Aziz Abdug‘anyiev, O‘quv-metodika boshqarmasi monitoring guruhi a’zolari Dadaxon Xodjayev hamda Maftuna Toshevalar ishtirok etishdi.

O‘qituvchi ma’ruzani boshlashdan avval Prezidentimizning Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni so‘zlagan nutqida keltirilgan faktlarni talabalarga eslatib, bitiruvchi talabalarning sohaga kirishishi, yangi texnologiyalarni joriy qilish zarurligini qayd etdi. Ayni paytda,  sohaga doir muhim omillar borasida so‘z yuritdi.

“Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan tadbirlar qo‘llab-quvvatlanib, buning tashabbuskori bo‘lgan xo‘jalik va tashkilotlarga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar yaratib berilmoqda. Natijada bugungi kunda qariyb 240 ming gektar maydonda ana shunday texnologiyalar, jumladan, 28 ming gektar yerda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilindi.

2017 yilning o‘zida qishloq xo‘jaligi sohasiga oid 5 ta qonun, 20 dan ortiq farmon va qaror qabul qilindi, 2 ta yangi qo‘mita va 3 ta uyushma tuzildi. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyati tubdan takomillashtirildi.

Qishloq tumanlarida hokimlarning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy qilindi. O‘zbekiston Fermerlari kengashi O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi sifatida qayta tashkil etildi.

Endi ana shunday o‘zgarishlar amaliy natija va samara berishi uchun barchamiz bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz kerak.

O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligini ham modernizatsiya qilish rejalashtirilgan” - deb ta’kidlagan edi Prezidentimiz o‘z nutqida.

Ochiq ma’ruzada o‘qituvchi fanga oid sug‘orish tizimidagi yangi tejamkor texnologiyalar, ularni avtomatlashtirish, suvni tejash, sifatli hosil olishda har bir egatga suv yuborishda alohida yondashish haqida keng tushunchalar berib o‘tdi.

 

O‘quv-metodika boshqarmasi monitoring guruhi a’zosi Maftuna Tosheva axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov