Bobur haqida Javoharlal Neru «Hindistonning kashf etilishi» asarida yurtdoshimiz Bobur va uning nabirasi Akbar haqida bunday deydi: «Bobur dilbar shaxs, Uyg‘onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo‘lgan, u san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi ko‘rardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq bo‘lib, ko‘p yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan» deb yozgandi. Uning ijodiyoti va tavallud kuniga bag‘ishlangan ma’naviyat soati 2-TTJ da bulib utdi. Ma’naviyat soatini GTQ fakulteti dekan o’rinbosari Azimov Azam, GIM fakulteti dekan o’rinbosari Ruziboev Ortik, olib borishdi. Tadbirda Bobur qalamiga mansub bo‘lgan g‘azal va ruboiylardan o‘qildi. GIM, GTQ fakulteti talabalari qatnashishdi
2-TTJ tarbiyachi-pedagogi, psixolog Sagdullaeva Dilorom Muxiddinovna axboroti