Trening darslar davom etmoqda

2020 yil 6 may kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institui “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedrasi assistenti pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Durdona Asilovna Mustafoyeva tomonidan kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Pedagogika. Psixologiya” fani doirasida Zoom onlayn platformasi orqali BXA 2/4 gurux talabalari uchun “Tarbiyaning ma’naviy ijodiy faoliyatdagi xususiyatlari” mavzusida disput-munozarali dars tashkil etildi. Disput munozarada nafaqat talabalar, balki institutimizning raxbar xodimlari R.Choriyev hamda R.Fayzullayevlar va doktorantlari xam faol ishtirok etdilar.

Pandemiya sharoitida oiladagi ijtimoiy muhit, uning samarasini yaqqol ko‘rish va ular haqida o‘z tengdoshlari bilan o‘rtoqlashish, shuningdek tarbiyaning turlari, xususan ijtimoiy, diniy, ma’naviy, ekologik, fuqarolik tarbiya turlari haqida talabalar o‘zaro fikr almashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda, kichik guruhlarda nizoli vaziyatlar va ularning yechimini topishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarga tayangan holda disput munozarani yanada jonli o‘tilishini ta’minlashga erishdilar. Albatta bunday onlayn dars mashg‘ulotlari talabalarning vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari bilan bir qatorda ularning kreativ tafakkurlarini yanada rivojlantirishlari uchun katta samara beradi, deb umid qilamiz