Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislar instituti huziridagi Qumqurg'on agrosanoat texnikumi 2021-yil 29-yanvar kuni Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida joylashgan Honam universiteti talabasi va Respublikamizda faoliyat yuritayotgan ''Sof talims” o'quv markazi xodimi Amirov Nodirbek Texnikum yo`nalishlaridan kelib chiqib Janubiy Koreyadagi universitetlar bilan 2+2 o`qitish tizimi bo`yicha bir nechta universitetlar bilan memorandum tuziladi. Universitetlarning bir nechta bo`lishi talabaga tanlash imkoniyatini berishi bilan bir qatorda shaffof ishlash tizimini yaratadi. Janubiy Koreya Universitetlarida o`qish uchun talaba kollej yoki texnikumni tamomlagan bo`lishi kerak, bundan tashqari, topik (koreys tilini bilish qobiliyati) 3 darajasi bo`lishi talab etiladi. Bunda talabalar 2 yil vaqtlarini tejash bilan birgalikda katta chegirma yoki 100% grand asosida o`z mutaxassisliklari bo`yicha tajriba to`plash va xalqaro miqyosda tan olingan diplomga ega bo`ladilar.
NEWTON O’QUV MARKAZI Janubiy Koreyada o`qish yoki koreys tilini o`rganish istagida bo`lgan yoshlar uchun koreys tilini o`rgatish bo`yicha to`garaklarni NEWTON o`quv markazi bilan hamkorlikda tashkil etish bilan bir qatorda, koreys tili qobiliyatini aniqlash imtihonlarini tashkil etadi. Bundan ko`zlangan asosiy maqsad yurtimizda koreys tilini o`rganishni xohlagan yoshlar uchun qulay o`qish tizimini yaratish, imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan oila farzandlari uchun 100% bepul o`quv to`garaklarini joriy etish va O`zbekistondagi kollej, texnikumlarni Janubiy Koreya Universitetlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash hamda ikki davlat o`rtasidagi o`zaro hamdo`stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan.
TIQXMMI matbuot xizmati