Joriy yining 30-yanvar kuni mamlakatimizning birinchi Prezidening tugʼilgan kuni munosabati bilan "Yer resurslarini boshqarish" fakultetlarining guruh murabbiylari guruhi talaba-yoshlari hamda fakultet yoshlar ittifoqi faollari Oqsaroy qarorgohida, sayohat uyushtirishdi. Ular Prezidentimiz haykali poyiga gul qoʼyib, hurmat bajo keltirdi. Birinchi Prezidentimiz faoliyat yuritgan maskanni ziyorat qilish bizga oʼzgacha gʼurur, yorqin taassurot baxsh etdi, – deydi fakultetimiz faol tashabbuskor talaba-yoshlari. – Islom Karimovning xalqimiz, davlatimizning ertangi kuni, yorugʼ kelajagini qurishdek mashaqqatli faoliyati shu goʼshada oʼtgan.
Bu yerda Birinchi Prezidentimizning "Oʼzbekiston yoshlari hech kimdan kam emas va hech qachon kam boʼlmaydi" degan soʼzlari jaranglab turganday, goʼyo. Talaba-yoshlarimiz majmuaning tashkil etilish tarixi, bugungi faoliyati bilan tanishdi. "Yer resurslari boshqarish" fakultetining professor-oʼqituvchilari Oʼzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Аbdugʼanievich Karimov muzeyiga sayohat uyushtirildi. Sayohat mobaynida professor-oʼqituvchilarimiz suratlardagi lavxalarni tomosha qilishdi. Monumentlarning har bir qismi eʼtibor bilan yasalganligidan xuddi ular bilan yonma-yon turgandek cheksiz xursand boʼldilar.
TIQXMMI matbuot xizmati