Aloqа tаrixigа bir nаzаr

Bugun hayotimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning uchinchisi aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Shu sababdan ham yurtimizning barcha hududlarida bu tashabbus doirasida ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda. Bu borada institutimizda ham keng miqyosda ishlar olib borilmoqda. Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘g‘risida yaxshi bilimga ega bo‘lishda bu sohaning bugungi kungacha bo‘lgan rivojlanish tarixini bilish albatta foydadan holi bo‘lmaydi.
 

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Аdham Mamataliyev rahbarligida, “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” taʼlim yo‘nalishi 402-guruh talabalari Toshkent shahridagi Аloqa tarixi muzeyiga tashrifni amalga oshirdilar. Tashrifdan maqsad talabalarni axborot-kommunikatsiya sohasining paydo bo‘lishi, rivojlanishi tarixi bilan tanishtirish, bu sohadagi tasavvurlarini boyitishdan iborat edi.

Aloqa tarixi muzeyi 2009-yil 24-oktabrda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, O‘zbekiston aloqa sohasining rivojlanish bosqichlarini ekspozitsiyalarda gavdalantirgan. Muzey pochta aloqasining rivojlanishi, telegraf, telefon aloqasi, radio va televideniye, mobil aloqa va sohaning mustaqillik yillaridagi rivojlanishi bo‘limlaridan iborat bo‘lib, talabalar muzey eksponatlarini maroq bilan tomosha qildilar. Bu tashrif talabalarda katta taassurotlar qoldirdi.

 

TIQXMMI  matbuot xizmati