“Gidromelioratsiya” fakulteti “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari A.Mamataliev, Sh.Botirov va D.Yulchievlar tashabbusi bilan 2021-yil 26-fevral kuni 5450200-“Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishining 4-kurs 402, 403, 405-guruh talabalari uchun institutimizning 1-ma’ruzalar zalida muammoli ma’ruza tashkil etildi. Muammoli ma’ruzaga O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti” ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Urazkeldiev Abduvoxid Baxtiyorovich tashrif buyurdi.
Muammoli ma’ruza davomida Respublikamizda Suv tejovchi texnologiyalarni kengaytirish, mamlakatimizda qo‘llanilayotgan suv tejovchi texnologiyalar, suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan maydonlarning iqtisodiy samaradorligi, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishda davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va ularga berilayotgan imtiyozlar bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasi, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar hamda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining faoliyati haqida ma’lumotlar talabalar e’tiboriga yetkazildi. Ma’ruza juda qizg‘in va savol-javoblar bilan o‘tdi. Tadbir talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, bu kabi tadbirlarni ko‘proq tashkil etish va talabalarga ilmiy faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni kengroq tushuntirish aytib o‘tildi.
TIQXMMI matbuot xizmati