2021-yil 28-fevral kuni Institut sport majmuasida "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" Davlat dasturida belgilangan Yoshlarni sportga jalb etish, jismonan barkamol bo‘lib kamol topishlari, yoshlarga sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish borasida "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti talabalari o‘rtasida sportning futbol turi buyicha "Dekan kubogi" turniri o‘tkazildi.
Sport tadbirida fakultet dekani R.Xakimov fakultet professor-o‘qituvchilari hamda fakultetning 17-ta futbol jamoasi ishtirok etdi. Futbol musobaqasi Davlatimiz madhiyasi bilan ochib berildi, fakultet dekani barcha jamoalariga omad tilagan holda sport tadbirlari davomli tashkil etib borilishi bo‘yicha ishtirokchilarni tabrikladi. Futbol turniri qizg‘in murosasiz kurashlar ostida bo‘lib o‘tdi. Turnir yakunida g‘olib jamoalarga sovg‘alar, kitoblar va diplomlar hamda Dekan kubogi topshirildi.
TIQXMMI matbuot xizmati