Sportning asosiy turlari jismoniy harakatga qurilgan bo‘lsa, ba'zilari intellektual mohiyatga ega. Shaxmat va shashka aql gimnastikasi sifatida e'tirof etiladi. 2021- yil 26-fevral kuni 4-Talabalar turar joyidagi Axborot - resurs markazining filialida kutubxonachi D. Sobirova va M. Nazarovalar boshchiligida talaba yoshlar o`rtasida sportning “Shaxmat va shashka“ turlari bo`yicha musobaqa tashkil etildi. Ushbu musobaqada TTJda yashovchi barcha fakultet talabalari ishtirok etib, sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri M.Norqobilov va talabalardan N.Sarsenov, Sh.Ismatullayev, M.Abdullayeva, A.Abilkasinova, F.Turdialiyeva, Sh.Ziyodov, Sh.Suyunov, H.Boymurodov, E.Asadov, F.Ravshanov, A.G`ulomjonov, X.Urolov, T.Eshniyozov, X.Ibraximovlar ishtirok etdilar. Shaxmat bo`yicha faxrli birinchi o`rinni QXM fakulteti 103- guruh talabasi E.Asadov, ikkinchi o`rinni QXM fakulteti magistratura 103- guruh talabasi F.Ravshanov, uchinchi o`rinni QSXET fakulteti 103 - guruh talabasi Sh.Ismatullayev, sportning shashka turi bo`yicha birinci o`rinni SXTEB fakulteti 104- guruh talabasi F.Turdialiyeva, ikkinchi o`rinni SXTEB fakulteti 206 - guruh talabasi M.Abdullayeva, uchinchi o`rinni GM fakulteti 112- guruh talabasi A. Abilkasinovalar egalladilar. Tadbir so’ngida barcha g`olib ishtirokchilarga faxriy yorliq va medallar taqdim etildi.
TIQXMMI matbuot xizmati