Amir Temur muzeyiga tashrif

Amir Temur o‘rta asrlar davriga xos o‘z udumlari doirasida faoliyat yuritgan bo‘lsa ham, inson manfaatlarini kuchaytirishga intilib, irqi, millati, dini va kelib chiqishidan qat’i nazar insonlarning bir butun hududda yashashi mumkinligi to‘g‘risidagi "yagona makon" g‘oyasining ilk tashabbuskoriga aylandi. Uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona jug‘rofiy - siyosiy makonda ekanligini his etdi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi “Davlat noyob ilmiy ob’ektlari” ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, uning xazinasida O‘zbekiston tarixini aks ettiruvchi 5 mingga yaqin ashyolar saqlanmoqda. Ular orasida miloddan avvalgi 2 ming yillikka oid Sopollitepa va Jarqo‘ton topilmalari, Afrosiyob va Toshkentdan topilgan X-XI asrga doir sopol idishlar, Amir Temur va temuriylar davriga oid ko‘plab noyob qo‘lyozmalar, rasmiy hujjatlar, kumush va mis tangalar, sopol idishlar, mis buyumlar, me’moriy qoplamalar, qurol-yarog‘, cholg‘u asboblari, etnografik buyumlar bor.

 Muzeylar ma’naviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ularda saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak ma’naviyatidan hikoya qiladi. Bu esa yoshlar qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat va muhabbat uyg‘otish bilan birga, ularda shu aziz Vatanga munosib farzand bo‘lish tuyg‘usini ham shakllantiradi.

GMTF kafedrasi assistenti M. Muxammadieva axboroti

 TIQXMMI matbuot xizmati