Ajdodlarga ehtirom ramzi

Toshkent shahrida joylashgan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui mustabid tuzum davrida zulm va tajovuz qurboni bo‘lgan minglab vatandoshlarimiz xotirasiga ko‘rsatilgan ulkan ehtiromning yorqin ifodasidir. Bunday mo‘tabar maskanlarni ziyorat qilish kishi ruhini poklaydi, ezgulikning abadiy ekani haqida mushohada qilishga undaydi. Bugun "Elektr ta`minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari" kafedrasiningining 1-kurs talabalari "Shahidlar xotirasi" maydoni hamda "Qatag'on qurbonlari" muzeyiga tashrif buyurishdi.

Ayni chog‘da shunday ziyoratgohlar va qadamjolar bugungi tinch va xotirjam hayot, to‘kinlik va farovonlikka qanday og‘ir yo‘qotishlar, sinovlar va mashaqqatlar evaziga erishganimizni yosh avlodga anglatadigan, ularning qalbi va ongiga milliy istiqlol g‘oyasini yanada chuqquroq singdirishga xizmat qiladigan ma’naviyat va ma’rifat o‘choqlaridir.

TIQXMMI  matbuot xizmati