Buxoro shahar prokurori 2-sektor rahbari O.Navro‘zov tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish-muhim vazifa” mavzusi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali faollar zalida tashkil etildi. Tadbirda filial rahbaryati, professor-o’qituvchilar va ishchi xodimlar ishtirok etishdi.Tadbirni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali direktori, texnika fanlari doktori professor Imomov Shavkat Jaxonovich ochib berdi va so’zni O.Navro‘zovga berdi. Buxoro shahar prokrori targ‘ibot materiallari bilan o’z ma’ruzasini yig’ilganlar e’tiboriga havola etdi.
Tadbirda davomida, davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur etkazadigan xavf – korrupsiya xavfining oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi ishlar Respublikamizda izchillik bilan amalga oshirilmoqdaligini, ushbu masalada, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, “Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Shuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z ichki dasturlari bo‘lishi shart” ekanligi ta’kidlandi.
Korrupsiyaviy daromad-harom daromad bo‘lib, bu daromadlardagi tengsizlikni keltirib chiqaradi va kuchaytiradi. Korrupsiyaning milliy xavfsizlikka xatari shundaki, u kishilarda norozilik uyg‘otib, jamiyatdagi intizomiy muvozanatga tahdid soladi. Shuningdek, korrupsiya daromadlarning poraxo‘rlar qo‘lida to‘planishiga olib keladi. Natijada, o‘z sohibi ishlab topgan daromadning poraga aylangan qismi yashirin tarzda jamg‘ariladi. Poraxo‘r qo‘lida jamg‘arilgan pul investitsiyaga ham xizmat qilmaydi. Eng yomoni bu aholi qo‘lidagi pul qoldig‘ini ko‘paytiradi hamda pul muomalasiga yoxud mamlakat monetar xavfsizligiga raxna solishi tushuntirib o‘tildi. Shuningdek, Sektor rahbari tomonidan filialning har bir xodimi bilan birma-bir suhbat o‘tkazildi. Suhbat jarayonida muammo va takliflar tinglandi, mazkur muammolarni bartaraf etish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.
TIQXMMI Buxoro filiali matbuot xizmati