Ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy jihatdan chuqurroq o‘rganish maqsadida institutimiz “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi talabalari professor o‘qituvchilar hamrohligida Toshkent shahar suv ta’minoti AJ ga qarashli Sergeli tumanidagi Salar suv tozalash inshootiga institutimizning “5+1” (besh kun ta’lim-bir kun ishlab chiqarish) tizimiga amal qilgan holda birinchi kurs talabalari tanishish uchun PhD dotsent Bozorov Elmurod Ostonovich boshchiligida bordilar. Ushbu Salar suv tozalash inshooti mutaxassisi bosh energetik Malikov Umid barcha ishlash jarayoni haqida ma’lumot berib o‘tdi. Talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga to‘la va batafsil javoblarni olishdi.
Bundan tashqari yana bir guruh talabalar tanishish uchun professor Kalandarov Palvan Iskandarovich va dotsent Ubaydullaeva Shaxnoza Raximdjanovnalar boshchiligida “G‘alla Alteg” AJga tanishish maqsadida bordilar, u yerda barcha ishlash jarayoni haqida yetarlicha ma’lumotlar berildi. Talabalar bu yerda ham mufassal ma’lumot va javoblarga ega bo‘lishdi.
“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati