Koʻchat-kelajak daraxti

Suv keltirgan va koʻchat ekib bogʻ yaratgan insonlar xalqimizda azaldan ulugʻlanib kelingan. Bahor kelishi bilan har bir inson yerga ishlov berib nimadir ekishga ishtiyoq sezadi. Ayniqsa, Navroʻz bayrami arafasidagi umumxalq hasharlarida turli daraxt va gul koʻchatlarini oʻtqazish yaxshi anʼanaga aylangan.

2019 yil 31 mart kuni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor T.Sultanov boshchiligida Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi boshligʻi M.Sarimsaqov, ilmiy boʻlim xodimlari N.Shaymanov, O.Abdisamatov, Gʻ.Gʻoziyev, J.Doʻstov, doktorantlar I.Oʻrazbayev, Sh.Mardiyev va GM fakulteti “I va M” kafedrasi assistenti E.Malikov hamda 10 nafar talabalar TIQXMMI ilmiy oʻquv markazida tashkil etilgan koʻchat ekish tadbirlarida faol ishtirok etishdi.

Mevali (olma) daraxtlarning koʻchatlari pakana payvandtag – past boʻlib oʻsuvchi turlariga mansub boʻlib qator qilib ekilganda 4-3 metr sxemada ekildi. Koʻchatlarga mehr berib sifatli ekilsa, ular yaxshi oʻsib-rivojlanib, koʻp yillar moʻl hosil beradi.

Bu esa olimlarimiz, ilmiy tadqiqotchilarimizga mislsiz ragʻbat berish barobarida, zimmamizga tinimsiz izlanish, yoshlarni ilm-fan yoʻnalishiga faol jalb qilish, ularga haqiqiy bilim berishdek sharafli va masʼuliyatli vazifani ham yukladi. Zero, sharqning buyuk mutafakkiri Konfutsiy ham: “Agar sen xalqingni bir yil boqmoqchi boʻlsang, bugʻdoy ek, oʻn yil boqmoqchi boʻlsang daraxt ek, agar asrlar davomida boqmoqchi boʻlsang, bilim, ilm ek”, - deya bejiz aytmagan.

Inson oʻzining mehnati va oilasi bilan baxtli boʻlsa, jamiyatda munosib oʻrin egallaydi. Bu mamnunlik, shukronalik qalbimizni aslo tark etmasin, yurtimizning ravnaqi, taraqqiyoti yoʻlidagi qilayotgan ezgu ishlarimizda, ilmiy izlanishlarimizda yangidan-yangi muvaffaqiyatlar hamisha yor boʻlaversin!

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi sektor mudiri N.Shaymanov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov