Yoshlik ajoyib davr, u har bir insonga bir marta beriladigan tengi yo‘q ne’matlardan biri bo‘lib, uning qadriga etmoq kerak. Bu ne’matdan unumli foydalanib, o‘zining ilmiy va ma’naviy salohiyatini oshirib borgan inson o‘z zimmasidagi eng oliy vazifani uddalagan hisoblanadi. Jamiyatimiz ravnaqi uchun zarur bo‘lgan ilmlarni olish har bir yosh yigit-qizning zimmasidagi burchlaridan biri bo‘lib, unda niyatning xolisligi eng muhim narsadir. Albatta, yoshlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda ma’lum darajada diniy ilmga ham ega bo‘lishi ularning ma’naviy ongini shakllantirib, razil sifatlardan uzoqlashtiradi.
Bugun “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani SH.Narbaev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova tashabbusi bilan “Yoshlarni yot oqimlardan asrash va islom dini mohiyati” mavzusida o‘tkazilgan tadbir talaba-yoshlarni har tomonlama etuk, bilimli o‘zlarining sof imon-e’tiqodi bilan o‘z bilimini samarasini to‘g‘ri, foydali narsalarga yo‘naltiradi desak, biz ustozlar ozgina bo‘lsada maqsadimizga etgan bo‘lamiz. Bugungi tadbirda fakultetning 3 kurs barcha talabalari keng jalb qilindi. Tadbirimiz mehmoni Yunisobod tumani Yunusobod Oqtepa jome’ masjidi imom noibi Akbarov Sherzodo‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Tadbir mehmoni o‘z nutqida milliy va diniy qadriyatlarimizning yoshlarimiz tarbiyasidagi o‘rni beqiyosdir. Islom — milliy ma’naviyatimizning ajralmas bo‘lagidir. Ammo, bu holatdan foydalangan holda, Islom dini nomidan yoshlarimiz ongini islom dini nomi ostida turli xil ekstremistik va terroristik g‘oyalarni singdirishga urunishlar hozirgi vaqtda avj olib ketdi. Yoshlarimizni turli xil yot oqimlardan himoya qilishda diniy omillar – Qur’on oyatlari va hadislardan keng foydalanish hamda dinning asl mohiyatini anglatish lozim. Ulardagi vatanparvarlik, insoniylik, mehr oqibat kabi tushunchalar farzandlarimizni iymonli insofli, yurtimizga astoydil xizmat qiluvchi yuksak ma’naviyatli shaxslar qilib tarbiyalaydi ma’ruzalarini yakunladilar. Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib javoblar olishdi.
ERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati