Ulug’ yoshlilarni ziyorat qilishning hikmati ham, hurmati ham cheksiz. Ana shu aqidaga amal qilgan holda, ustozlarni yo’qlash ham savobli, ham xayrlidir.
Shirin so'zdan, nurli yuzdan yorug' yo'llar,
Chin mehrdan muruvvatdan obod cho'llar.
Shu zotlarni shogirtlarni ko'kga yo'llar,
Loyiq ular qancha hurmat-e'zozlarga,
Boshlar egib ta'zim aylang Ustozlarga!!!
1 - oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan ancha yillar institutimizni gullab yashnashiga, respublikamizga yuqori malakali minglab kadrlar tayorlashda o'z bilimlarini ayamay, ta'lim va ilmu-fan ravnaqi yo'lida samarali mehnat qilgan “Geodeziya va geoinformatika” kadedrasining sobiq va sodiq ustozi, texnika fanlari nomzodi Nurmatov Erkin Xaytmatovich kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan ziyorat qilinib rahbariyatimiz tabrigi etkazildi. Ularning oltihga teng duolaridan bahramand bo’lib xushnud holda uyga qaytdik.
TIQXMMI matbuot xizmati