Abdulla oripov muzeyiga tashrif

“Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 104 va 105 guruh talabalari, guruh murabbiylari “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti A.Tabaev hamda katta o‘qituvchi M.Raxmatalievlar boshchiligida talaba yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida institut huzuridagi O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov nomidagi muzeyiga tashrif buyurishdi.

  

Tashrif davomida muzeydan o‘rin olgan, ulug‘ shoirning hayoti va ijodiga oid nodir suratlar, shoir nafasi kelib turgan ovozli yozuvlar, shoirning qo‘lyozmalari, uning dastxati bilan qoralangan son-sanoqsiz sahifalarni talabalar katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Mazkur tashrif talabalarning ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyatga ega.

 

 

 

“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi  katta o‘qituvchisi M.Raxmataliev axboroti

TIQXMMI Matbuot xizmati