Pul mukofoti va diplom muborak!

Intilganga tole yor deb bejiz aytishmagan. Zahmat  chekmaguncha rahmat eshitilmasligi ayni haqiqat. "Gidromelioratsiya" fakultetining Suv xo‘jaligi va melioratsiya ta’lim yo‘nalishi 201 guruhida tahsil olayotgan Sirojiddin Jalilov hamda ilmiy rahbari PhD Luqmon Samiyevlar joriy yilning 31 oktyabr sanasida aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovida  o‘zining “Kollektor - zovur suvlaridan qayta foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihasi bilan ishtirok etib, tanlov g‘olibi bo‘lishdi.

ULARNING 10 000 000 SO‘M VA FAXRLI DIPLOM BILAN TAQDIRLANISHI INSTITUTIMIZ  JAMOASINING HAM KATTA YUTUG‘I BO‘LDI.

 "GM" fakulteti dekan o‘rinbosari X.Tuychiyev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov