5 ta muhim tashabbusning to'rtinchisi amalda

   8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-yilligi munosabati bilan “Qishloq va suv xo'jaligini energiya ta'minoti” fakulteti 1-kurs talabalari o'rtasida “Zakovat” intellektual o'yini bo'lib o'tdi. O'yinda Qishloq va suv xo'jaligini energiya ta'minoti fakulьteti dekani A.J.Isaqov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini A.N.Botirov va fakultet yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi. Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga alohida e'tibor qaratilib, bu borada barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan, Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to'rtinchisi yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilishdir. Intellektual o'yinda 1-kurs talabalari iborat 9 ta jamoalar ishtirok etdi. “Zakovat” intellektual o'yini 1-kurs talabalariga yuqori qiziqish uyg'otdi va doimiy “Zakovat” intellektual o'yinini o'tkazish kerakligi haqida takliflar berildi. Ushbu tadbirni o'tkazishdan maqsad avvalo, yoshlarni kitobxonlikka bo'lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni badiiy adabiyotga bo'lgan munosabatini yaxshilashdan iborat. Natijasiga ko'ra 1-o'rin ATT yo'nalishi 105-guruh, 2-o'rin TJIChAB 103-guruh, EE 106 -guruh talabalari egallashdi. Jamoalarga fakultet raxbariyati tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.

TIQXMMI matbuot xizmati