Mazkur stipendiya dasturi Geografik axborot tizimlari (GAT) sohasi ilmiy ish, tajriba almashish, malaka oshirish hamda o’qishni istagan institut professor-o’qituvchilari, magistrlik diplomiga ega bo’lgan xodimlar, shuningdek doktorantura ixtisosligi bo’yicha ta’lim olayotgan doktorantlar uchun mo’ljallangan.
Ushbu grant 4 oyga mo’ljallangan bo’lib, doktorantura ixtisosligi (PhD) uchun 2 ta o’rin, Professor-o’qituvchilar hamda ishchi xodimlar (Staff) uchun 1 ta o’rin ajratilgan
Doktorantlar (Phd) bo’yicha o’qishni istaganlar uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- Pasport nusxasi;
- CV (yevropa standarti bo’yicha) http://europass.cedefop.europa.eu ;
- Sohaga oid Magistrlik diploma yoki doktoranturada taxsil olayotganligi to’g’risidagi hujjat;
- Diplom ilovasi (ingliz tilidagi tarjimasi bilan);
- Rejalashtirilgan o’quv kurslari ro’yxati;
- Ingliz tili darajasini aniqlab beruvchi sertifikat (IELTS, TOEFL uning ekvivalentiga teng bo’lgan hujjat);
- Maqsadni ifodalab beruvchi xat (Letter of motivation);
- Nomzodni qo’llab-quvvatlovchi xat; (Letter of support);
- Chop etilgan maqolalar ro’yxati;
- Oldingi qo’lga kiritgan grantlari to’g’risida ma’lumot;
- Salzburg universitetida o’qish istagini haqidagi ma'lumot.
Professor-o’qituvchilar hamda ishchi xodimlar (Staff) uchun talab etiladigab hujjatlar ro’yxati:
- Pasport nusxasi;
- CV (yevropa standarti bo’yicha) http://europass.cedefop.europa.eu/ ;
- “Geospatial” bo’yicha training hamda o’qitish bo’yicha ro’yxat;
- PLUS da rejalashtirilgan ishlar ro’yxati;
- Ingliz tili darajasini aniqlab beruvchi sertifikat (IELTS, TOEFL uning ekvivalentiga teng bo’lgan hujjat);
- Maqsadni ifodalab beruvchi xat (Letter of motivation);
- Nomzodni qo’llab-quvvatlovchi xat; (Letter of support);
- Chop etilgan maqolalar ro’yxati;
- Oldingi qo’lga kiritgan grantlari to’g’risida ma’lumot;
Yuqorida sanab o’tilgan hujjatlar tarjibi bo’yicha jamlangan holda .pdf formatida elektron ko’rinishda institutning 11-binosida joylashgan “Xalqaro hamkorlik bo’limi” 2018 yilning 7-iyuliga qadar topshirishlari mumkin.
Murojaat uchun; Tel: +99871 237-09-87
Email: international@e-tiiame.uz
Barcha xarajatlar Yevroppa Ittifoqining Erasmus+ xalqaro kredit mobillik loyihasi doirasida qoplanadi.
TIQXMMI Xalqaro hamkorlik bo‘limi